39 yoshli Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytdi

  • 16 mart, 2021, 08:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovichni yana Shvetsiya terma jamoasi safida ko‘ramiz.

Tecno

Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi “JCh-2022” saralashi hamda Estoniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Shvetsiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan joy olgan.

"Milan" hozircha ushbu xabarni tasdiqlamadi. Zlatan esa jarohati sabab 28 fevraldan buyon maydonga tushmayapti.

Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini 2016 yilda yakunlagan edi. 116 ta o‘yinda 62 ta gol urishga erishgan Zlatan terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!