40 yoshli o‘zbek bokschisi yana jang qiladi

  • 3 sentabr, 2020, 11:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik ikki karra jahon chempionati, Osiyo chempionati va o‘yinlari sovrindori Sherzod Husanov professional boksda ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan edi. 40 yoshli charmqo‘lqop ustasi professional ringdagi so‘nggi jangini 2018 yil Polsha vakili Damian Jonakka qarshi o‘tkazib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan, bunga qadar esa 21 ta g‘alaba va bir durang qayd etgan edi. 

Tecno

Aynan ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, faoliyatida biroz tanaffus bo‘ldi. Saytimiz manbalariga ma’lum bo‘lishicha, Husanov yana professional boksga qaytmoqda. U navbatdagi jangini 26 sentyabr kuni Polshada mezbon Robert Parzachevskiga qarshi o‘tkazadi. Polyak bokschisi faoliyati mobaynida 26 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan. Ularning 16 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Bir bora esa mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. 

Sherzod1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!