400 million funt to‘laymiz va Mbappe yanvardan bizda o‘ynaydi!

  • 25 oktabr, 2023, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” katta ishlar arafasida turibdi. “Aristokratlar” Kilian Mbappeni olish yo‘lini topdi. Bu variant tomonlarning har biriga ma’qul keladi.

Tecno

Klub prezidenti Todd Bouli frantsiyalik forvard transferi uchun 400 million funt ajratishga tayyor. Transfer Mbappe hali erkin agentga aylanmay turib, yanvarda amalga oshirilishi rejalashtiryapti.

Unga ko‘ra, PSJGa 100 million funt beriladi. Parijliklar yarim yildan keyin baribir hujumchini bepul qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. Shu bois, ular “Chelsi” taklif qilgan summadan va taklifdan yuz o‘girolmaydi.

Kilianning o‘ziga 100 million funt boshqa klublar bilan shartnoma imzolamasligi va “Chelsi”ni tanlagani uchun bonus sifatida taqdim qilinadi.

Qolgan 200 million evro Mbappening besh yillik shartnoma bo‘yicha maoshi sifatida belgilanadi.

Mutaxassislar “Chelsi”ning bu rejasi ish berishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Chunki Mbappe o‘tishni istayotgan “Real” uning transferiga pul sarflamoqchi emas va maosh masalasida ham “Chelsi”da ko‘p bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!