
6 ta gol kiritilgan o‘yinda O‘zbekiston Belarusga mag‘lub bo‘ldi
Rauf Inileev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi “Rivojlanish kubogi”ning ilk turini Belarusga qarshi o‘tkazdi. Gollarga boy kechgan murosasiz bahs 4:2 hisobida Belarus termasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Rivojlanish kubogi”
Belorus U-17 4:2 O‘zbekiston U-18
Gollar: Timofey Martinov (p) 25, Matsvey Miharin 28, Vadim Kisilyov 34, Danila Chul (p) 68, Murodjon Komilov 72, Saidumarxon Saidnurullaev 76.
Eslatib o‘tamiz, Minskdagi turnirda terma jamoamiz “B” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda shuningdek, Moldova, Bahrayn va Isroil terma jamoalari ham bahs olib bormoqda.
Fikrlar