
6 yillik tanaffus yoxud Evropa Superkubogini kim sharhlashi ma’lum
Bugun tunda Evropa Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs Sport telekanali orqali jonli efirda uzatiladi. O‘yin sharhida olti yildan keyin O‘zMTRKga o‘ziga xos "Come back" qilgan Davron Fayziev bo‘ladi. Bu haqida taniqli sharhlovchining o‘z telegram kanali orqali ma’lum qildi.
"2016 yil yanavar. Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. Shu turnir "Sport TV" orqali so‘nggi efirga chiqishim edi. 6 yil bo‘pti bunga ham. Sport telekanali bilan ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yganimizni aytgandim. Bugun esa nasib qilsa shu optsiyani amalda ishga tushiramiz. Olti yillik tanaffusdan so‘ng yangi-eski joyda sharhni boshlayman.
O‘yinning o‘zi anonsga muhtoj emas. Evropa Superkubogi. Chempionlar ligasi g‘olibi "Real" Madrid va Evropa ligasi chempioni "Ayntraxt". O‘tgan va yangi mavsumni bog‘lab turuvchi nufuzli uchrashuv. Avvalgi safar bu jamoalar titul uchun o‘ynaganlarida 7:3 hisobi qayd etilgan. Bu 1960 yilgi final edi. Qaysi final ekanligi va kim yutganini bizning obunachilar tushunishadi. 23:55 da boshlaymiz. Natijadan qat’iy nazar asosiy vaqtda tugashini niyat qilamiz, chunki tungi 2:40 da shaxmatchilarimiz uchib kelishadi va ularni kutib olishga yo‘l olamiz. Aktiv kunlar va uyqusiz tunlarni boshlaymiz", — deydi Fayziev o‘z telegram kanalida.
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv bugun tungi 00:00da boshlandi.
Fikrlar