OʻzFHM "Lokomotiv" — "Navbahor" uchrashuvida belgilangan penaltiга izoh berdi
"Lokomotiv" — "Navbahor" uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Ekspert hakamlar guruhi rasmiy xulosa berdi.
Superliga doirasidagi mazkur bahsning 16-daqiqasida "Navbahor" futbolchisi raqib jamoa jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ushbu holatda bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. VAR orqali epizod qayta ko‘rib chiqilib, qaror tasdiqlandi.
Tahlillarga ko‘ra, himoyachi hujumchining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Hujumchi to‘p uchun kurashayotgan paytda yuzaga kelgan ushbu kontakt qoidabuzarlik sifatida baholangan.
Ekspert hakamlar guruhi bosh hakam tomonidan penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini ta’kidladi.
Fikrlar