Dostonbekdan uch jangda uch nokaut

  • 06.11.2016 09:35
  • 0
  • Boks

Iste’dodli bokschimiz Dostonbek Turdiev professioanl bokschilik faoliyatini uch oy muqaddam boshlagan bo‘lishiga qaramay, uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi.

O‘zbek bokms maktabi tarbiyalanuvchisi navbatdagi jangini Rossiyada tashkil etilgan professional boks kechasida o‘tkazdi. Rossiyalik Sergey Danilov bilan kuch sinashgan hamyurtimizga raqibini ringga qulatish uchun ikki daqiqadan ko‘proq vaqt kifoya qildi.

Birinchi raundda kuchli zarba o‘tkazib yuborgan Sergey Danilov Dostonbek Turdievning g‘alabasini tan olishga majbur bo‘ldi.

Dostonbek Turdievga professional ringdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!