
65 yoshli Anchelotti faoliyatini qachon tugatadi?
“Real”ni katta yutuqlarga etaklagan Karlo Anchelotti faoliyati qachon yakunlashi haqidagi savollarga o‘z javobini aytdi.
- Men o‘zimni murabbiy sifatida hali uzoq yillar ishlay olaman, deb hisoblayapman. Men ichimdagi o‘t so‘nmagunicha futbol murabbiyi bo‘lib qolaveraman, - dedi Karlo Anchelotti.
65 yoshli italiyalik mutaxassisning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Evropadagi aksariyat manbalar Anchelotti Saudiya Arabistonida amalga oshirilishi kutilayotgan katta loyihani boshqarishga qiziqayotgani haqida yozmoqda. “Real” xo‘jayinlari esa, Karlo ketadigan bo‘lsa, o‘rniga “Bayer”ni chempion qilgan Xabi Alonsoni olib kelish haqida bosh qotiryapti.
Fikrlar