
7 nafar para suzuvchimiz Paralimpiya o‘yinlariga 25 ta litsenziya qo‘lga kiritdi!
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) tomonidan para suzish bo‘yicha Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reyting e’lon qilindi.
E’tiborlisi, ushbu reyting natijalariga ko‘ra 7 nafar o‘zbekistonlik para suzuvchi Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlariga jami 25 ta litsenziyani naqd qildi. Taqqoslash uchun, bundan avval Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para suzuvchilarimiz tomonidan 20 ta litsenziya qo‘lga kiritilgan edi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan para suzuvchilarimiz bilan tanishing:
Erkaklar
Dmitriy Xorlin
Muzaffar Tursunxo‘jaev
Islam Aslanov
Kirill Pannov
Firdavsbek Musabekov
Ayollar
Muslima Odilova
Shoxsanam Toshpo‘latova
Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining para suzish musobaqalari 29 avgustdan 7 sentyabrga qadar “Paris La Defense Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar