8 nafar bokschi qizlarimiz finalga yo‘l oldi

  • 22 yanvar, 2023, 18:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Bugun qizlar o‘rtasidagi yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilarning 8 nafari final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

-48 kg: Farzona Fozilova – Tipsatcha Yodvare (Tailand) 5:0

-50 kg: Sabina Boboqulova – Kei Chi (Singapur) 5:0

-52 kg: Feruza Kazakova – Ti Nguen (Vetnam) 5:0

-54 kg: Nigina O‘ktamova – Anel Sakish (Qozog‘iston) 5:0

-57 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grefeeva (Qozog‘iston) 4:1

-63 kg: Ziyoda Yarashova – Tananya Somnuek (Tailand) 0:5

-66 kg: Navbahor Hamidova – Ankar Ichshanova (Qozog‘iston) 5:0

-81 kg: Sahobat Husanova – Pornipa Chuti (Tailand) 0:5

Aziza Zokirova va Sohiba Ro‘zmetova ham final bahsida ringga ko‘tariladi. Qizlar o‘rtasidagi final bellashuvlari 25 yanvar kuni tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!