8 ta da’vogar jamoamiz nima uchun OFK litsenziyasini qo‘lga kirita olmaganini bilasizmi?

  • 17 iyun, 2023, 15:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL matbuot xizmati o‘zining rasmiy sahifasi orqali O‘zbek klublarining OFK litsenziyalash dasturida qatnashgani borasida turkum ma’lumotlar berib bormoqda.

Tecno

Bu safar 25 ta klub litsenziyalash uchun harakat qilgan bo‘lsa, shulardan 8 tasi muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar bermoqda.

“Surxon”. Superliga klublari orasidan faqatgina “Surxon” litsenziyaga ega chiqa olmadi va o‘zining ligadagi o‘rnini xavf ostida qoldirdi. Boisi, “Surxon” sobiq futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzlarini to‘liq bartaraf etgani yo‘q. Futbol klubining yangi investorlari jamoani moliyalashtirish hamda “Surxon” arenani ta’mirlash ishlarini olib borayotgan bo‘lsa-da, Surxondaryo viloyati hokimligi o‘z chekiga tushgan eski qarzdorlikni bartaraf etish vazifasini shu yilning 31 mart sanasiga qadar hal qila olmadi.

Shuningdek, “Surxon” arena projektorlari talab qilingan vaqt ichida OFK talablariga moslashtirilmadi. Aynan shu sabab tufayli Liga ketma-ket ikkinchi mavsum “Surxon”ga o‘z arenasida o‘ynash uchun ruxsat bermaydi.

Ma’lumot uchun, “Surxon” arena projektorlari 17 iyun sanasiga ko‘ra talabga moslashtirildi va ayni vaqtda Liga mutaxassisi buni ko‘zdan kechirish uchun Termizda bo‘lib turibdi.

“Qo‘qon-1912”. Klubda yoshlar bilan ishlash tizimi rahbarida A litsenziyasi mavjud emas. Ma’lumot uchun, ayni vaqtda klubni boshqarib kelayotgan mutaxassisda ham Pro litsenziyasi mavjud emas.

“Xorazm”. Bosh murabbiy Pro litsenziyasiga ega emas. Shuningdek, yordamchi murabbiyda A litsenziyasi yo‘q.

“G‘ijduvon”. Bosh murabbiy Pro litsenziyasiga, texnik direktor A litsenziyasiga ega emas.

“Andijon-SGS”. Bosh murabbiyda Pro litsenziyasi yo‘q.

“Do‘stlik Toshkent”. Bosh murabbiy Pro litsenziyasiga, texnik direktor A litsenziyasiga ega emas. Shuningdek, klubda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy faoliyat olib bormaydi.

“Zomin”. Bosh murabbiy Pro litsenziyasiga, texnik direktor A litsenziyasiga ega emas. Stadion projektorlari ham OFK talabi darajasida emas.

“Yangier”. Yoshlar tizimi bilan ishlash dasturi yo‘q. Stadion projektori yo‘q. Bosh murabbiy Pro litsenziyasiga, texnik direktor A litsenziyasiga ega emas. Auditorlik hisoboti taqdim etilmagan.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!