
8 ta gol urilgan o‘yinda "Barselona" g‘alaba qozondi (video)
Ispaniya kubogining 1/4 finalida “Barselona” safarda “Granada”ga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu bellashuv gollarga boy bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etgan o‘yin yakunda 3:5 hisobida kataloniyaliklarning foydasiga hal bo‘ldi. Shu kuni “Barselona” safida gollarni Antuan Grizmann (88', 100'), Jordi Alba (90', 113') va Frenki de Yong (108') kiritgan bo‘lsa, “Granada”ning gollariga Kenedi (33') va Roberto Soldado (47') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar