
A Seriya. “Milan” so‘nggi daqiqadagi gol evaziga zafar quchdi
Italiya chempionati 1-tur qoldirilgan o‘yinida “Milan” jamoasi o‘z maydonida “Jenoa” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda milanliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinning 4-daqiqasida Suso hisobni ochgan bo‘lsa, Romanoli 56-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisob tenglashishiga sababchi bo‘ldi.
Biroq o‘yin yakunida Romanoli yana katta sahnaga chiqdi va raqib darvozasiga gol urdi. U o‘z xatosini to‘g‘irlagan holda jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Milan – Jenoa 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Suso, 1:1 – 56, avtogol Romanoli, 2:1 – 90 Romanoli.
Milan – Donnarumma, Musakko, Romanoli, Rodriges, Suso, Kessie, Bakayoko, Laksalt (Abate, 63), Chalxanoglu (Kastilexo, 83), Iguain, Kutrone.
Jenoa – Radu, Biraski, Gyunter, Krishito, Lazovich, Romulo (Velozu, 67), Matstsitelli (Omeonga, 78), Bessa, Zukanovich, Kuame, Pentek (Pandev, 85).
Ogohlantirishlar: Krishito (43), Kessie (50), Velozu (80), Rodriges (83).
Fikrlar