AGMK Baxtiyor Ashurmatov bilan shartnomani uzaytiradi

  • 3 noyabr, 2018, 23:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor o‘tgan hafta so‘nggida Farg‘onada O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z tarixida ilk bor finalga chiqqan AGMK poytaxtning "Paxtakor" klubini 3:1 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritib, OChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Olmaliqliklar sport direktori Muxtor Qurbonov SPORTS.uz muhbiriga bergan intervyusida jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan amaldagi shartnoma uzaytirilishini aytdi.

- Baxtiyor Ashurmatovga ishongandik va u ishonchimizni oqlayapti. Bosh murabbiy sifatida ishga kirishganidan beri jamoamizning o‘yin sifati ham o‘zgardi. Albatta, keyingi mavsum uchun ham Ashurmatov bilan shartnomani uzaytiramiz. Biz bu murabbiy bilan yanada yangi cho‘qqilarni zabt etmoqchimiz. Kelasi yili chempionlik uchun kurashadigan jamoani shakllantirish va o‘z navbatida Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ishni ham maqsad qilib qo‘yamiz. Ashurmatov o‘zi uchun ham murabbiy sifatida bir pog‘onada oldinga qadam tashladi. U o‘yinchilik paytida ham Kubokni qo‘lga kiritgandi. Endi esa Baxtiyor eng yosh murabbiylardan biri sifatida Kubok sohibiga aylangani ham e’tiborga molik bo‘ldi. Hali hammasi oldinda deb umid qilaman va Ashurmatovga bundan ko‘proq muvaffaqiyatlar hamrox bo‘lishini tilayman.

Ushbu suhbatning to‘liq matnini ertaga saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!