
APL. Alamzada “Tottenxem” Shekspir jamoasini ham ayab o‘tirmadi
Bundan biroz avval Angliya premer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan “Lester” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga etdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuvda “shporlar” raqibini ayab o‘tirishmadi. Aniqrog‘i, Maurisio Pochettino shogirdlari Shekspir boshchiligidagi “tulkilar” darvozasini naqd 6 marta ishg‘ol etishdi. Maydon egalari esa bunga faqat bitta gol bilan javob qaytarishdi. Yakuniy hisob 1:6.
Lester, «King Pauer» stadioni
«Lester Siti» – «Tottenxem» – 1:6 (0:2)
Gollar: Chiluell 59 - Keyn 25, Son 36, Keyn 63, Son 71, Keyn 88, Keyn 90+2
«Lester Siti»: Shmeyxel, Benaluan (Grey 66), Simpson, Chiluell, Fuks, Olbrayton, Ndidi, Amarti, Marez, Vardi (Musa 78), Okadzaki (Slimani 46).
Bosh murabbiy: Kreyg Shekspir.
«Tottenxem»: Loris, Devis, Vertongen, Alderveyreld, Vanyama, Dayer, Dembele (Lesnyak 86), Sissoko (N'Kudu 90), Alli, Son (Yanssen 78), Keyn.
Bosh murabbiy: Maurisio Pochettino.
Ogohlantirishlar: Sissoko 65, Olbrayton 65, Grey 75, Simpson 80.
Bosh hakam: Maykl Oliver.
Fikrlar