APL. "Suonsi" o‘z maydonida "Sautgempton"ga mag‘lub bo‘ldi va premer-ligada qolish uchun imkoniyatlarini pasaytirib yubordi

  • 9 may, 2018, 07:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Angliya premer-ligasining 31-turining qoldirilgan “Suonsi” hamda “Sautgempton” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Deyarli APLda qolish yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda “Sautgempton” futbolchilari Gabbyadinining 72-daqiqada kiritgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi.

“Suonsi” – “Sautgempton” 0:1 (0:0, 0:1)

8 may «Liberti Stedium»

Gol: 0:1 – 72 Gabbyadini.

“Suonsi” – Fabianski, Noton (Narsinx, 75), Fernandes, Mouson, Roberts, Ki Son En, King (Kerroll, 82), Klukas, Olsson (Abraxam, 62), Ayyu, Ayyu.

“Sautgempton” – Makkarti, Bednarek (Gabbyadini, 68), Stivens, Xudt, Soaresh, Xeyberg, Romeu, Bertran, Tadich (Makkuin, 83), Redmond (Long, 64), Ostin.

Ogohlantirishlar: Ki Son En (20), Romeu (38), Fernandes (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!