APLda yana bir murabbiy mavsum yakunlangach ishdan ketadigan bo‘ldi

  • 11 may, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Suonsi" klubi bosh murabbiyi Karlush Karvalyal mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Tecno

Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra klub rahbariyati yozda shartnomasi yakunlanadigan 52 yoshli portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, “Suonsi” so‘nggi tur oldidan 33 ochko bilan musobaqa jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi. Ushbu o‘rin esa jamoa kelgusi mavsumni Chempionshipda o‘tkazishini anglatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!