APLning 3 ta klubi Kolumbiya terma jamoasi xavbekiga qiziqib qoldi
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi yarim himoyachisi Vilmar Barrios bir qator APL grandlari qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi. Bu haqda TyC Sports nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli Kolumbiya terma jamoasi xavbeki uchun "Chelsi", "Tottenxem" va "Everton" kabi jamoalar kurash boshlashdi.
Ma’lumot uchun, Barriosning "Boka Xuniors" bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 18 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar