Abramovich Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi xo‘jayini Roman Abramovich agar jamoa Angliya liga kubogi finalida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy bersa, bosh murabbiy Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra bunday vaziyatda italiyalik mutaxassisni xatto “aristokratlar” bosh direktori Marina Granovskayaning ishonchi ham qutqarib qololmaydi. Uning taqdirini to‘ppa-to‘g‘ri rossiyalik milliarderning o‘zi hal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahs 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar