
Afrika Kubogi. Kamerun penaltilar seriyasida Senegaldan ustun keldi va yarim finalga chiqdi
Afrika Millatlar Kubogi chorak finalida Kamerun terma jamoasi Senegal futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlarida hisob ochilmadi. G‘olib nomini aniqlash uchun tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qildi.
“Futbol lotoreyasi” ham ancha qiziqarli bo‘ldi va yakunda Kamerun 5:4 hisobida zafar quchib, yarim finalga chiqdi.
Senegal – Kamerun 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0)
Penaltilar seriyasi – 4:5
Senegal – Diallo, Mboji, Mbenge (Siss, 86), Gassama, Kulibali, Seve, Kuyate (Ndiaye, 109), Mane, Guye, Keyta, Diuf (Sou, 64).
Kamerun – Ondoa, Ngade-Ngajui, Oyongo, Fe, Teyku, Bassogog, Sutchin-Jum (Manjek, 102), Siani, Toko-Ekambi (Zua, 46), Mukanjo, Tambe (Abubakar, 102).
Ogohlantirishlar: Diuf (13), Oyongo (25), Fe (59), Sutchin-Jum (82), Kuyate (90).
Fikrlar