"Muxlislarni stadionga kelib yoki ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlashini istaymiz, bunga muxtojmiz" - Ro‘ziqul Berdiev "Al-Hilol"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

  • 26 sentabr, 10:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 23-turini boshlab bergan “Nasaf” - “Xorazm” bahsida maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, peshqadamligini davom ettirmoqda. Uchrashuvdan so‘ng “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- O‘yin haqida ko‘p gapirmoqchi emasman. Ochko yig‘ishda davom etyapmiz, biz uchun muhimi shu. O‘yinlar esdan chiqadi. Uchrashuv borasida qisman aytib o‘tishim mumkinki, “Xorazm” jamoasi kuchi bor bo‘lgan paytgacha bizga yaxshi qarshilik ko‘rsatib, vaziyatlar yaratib turdi. Ikkinchi bo‘limda “Xorazm”da toliqish bo‘ldi, bizda ko‘proq imkoniyatlar yaratildi. Bundan qaerdadir foydalandik, qaerdadir unumli foydalana olmadik va shunday qilib uch ochkoni qo‘lga kiritdik. G‘alabadan xursandmiz. Barcha muxlislarni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz.

- Legionerlarni zaxiraua oldingiz. Muhim o‘yin oldidan ularni asradingizmi?

- Ikkalasini zaxiraga olganimni sababi, uchrashuvda ularni yordami kam bo‘ldi. Hujumga e’tibor qaratishimiz va faolroq bo‘lishimiz kerak edi. G‘alabani ilib ketishimiz lozim edi. Ikkala legioner o‘yinda passiv bo‘lgani bois zaxiraga oldik.

- Umar Eshmurodovni uchrashuv oxirlarida maydonga tushirilishi nima bilan bog‘liq edi?

- Eshmurodov barcha o‘yinlarda to‘liq harakat qilyapti. Bu uchrashuvda unga dam berishga qaror qilgandik. Lekin oxirida uni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik.

- Yangi kelgan legionerlar jamoaga unchalik qo‘shilib keta olmayotgandek...

- “Nasaf” oson jamoa emas, katta jamoa. Oldin ham aytdik, biz ko‘zlagan legionerlarni ololmaganimizdan keyin bularni olishga majbur bo‘ldik. Ikkitasida jarohat bor.

- “Al-Hilol” bilan o‘yinga tayyorgarlik qanday va raqibni qay tariqa o‘rganyapsiz?

- Avvalo, barchani ushbu uchrashuvga taklif qilib qolamiz. Kuchli raqibga qarshi o‘ynaymiz. Yulduzlar keladi. Mahoratli futbolchilarga ega. Natija qanaqa bo‘lishini bilmaymanu, lekin yigitlarni o‘sha uchrashuvga chiqib kurashishga tayyorlaymiz. Ruhiy va jismoniy tomondan ham. Birinchi navbatda futbolchilarni ushbu bahsga holatini yaxshilash uchun jismoniy jihatdan tiklab olishimiz kerak. O‘ylaymanki, biz o‘sha kuni 12 ta bo‘lib harakat qilamiz. Buni juda ham xohlaymiz. Muxlislarni stadionga kelib yoki ijtimoiy tarmoqlarda jamoamizni qo‘llab-quvvatlashini istaymiz. Bunga muxtojmiz. Ruhiy tarafdan ham motivatsiya berishlari mumkin. Stadionga kelib qo‘llaganida katta madad bo‘lishi mumkin. Shu bois biz birgalashib kuchli raqibga qarshi kurashamiz.  

- Jamoangizni imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Bunga hali erta, endi boshlandi. To‘g‘risi, chempionatga ko‘proq e’tibor qaratganmizu, ammo OChLda ham o‘z maqsadimiz bor.

- Dragan Cheran oxirgi paytlarda og‘ir ko‘rinyapti. Bu yosh bilan bog‘liqmi yoki...

- Cheran ham barcha o‘yinlarda harakat qilyapti, o‘tgan safargi “Qizilqum”ga qarshi og‘ir bahsda ham o‘ynadi va qaerdadir jismoniy holati to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Shunga qaramasdan vaziyat yaratishda, hujumlarni boshlashda faol bo‘lyapti. Oldin ham aytganmiz, uni shu narsalar uchun taklif qilganmiz. Menimcha, birinchi golda ham Sharofga yaxshi uzatma oshirdi. Boshqa vaziyatlarda ham yaxshi qatnashdi. Jamoaga foydasi tegyapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!