Akinfeev Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • 01.10.2018 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Moskvaning TsSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeev Rossiya terma jamoasidagi faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqda “armiyachilar” rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli posbon Rossiya termasi safida 2004 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 110ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 95ta to‘p o‘tkazib yuborgan. 2017 yildan buyon esa u terma jamoaga sardorlik qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!