Alba "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

  • 23 dekabr, 2018, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining asosiy himoyachisi Xordi Alba bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga judayam yaqin turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekadi. Uning maoshi esa yiliga 9 mln evroga etadi.

Ma’lumot uchun, Alba joriy mavsum “Barselona” safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!