Asosiy mazmunga oʻtish

Yengil atletika

Aleksandra Yurkevskaya Osiyo chempionatining kumush medal sohibasi bo‘ldi

Izohlar: 0

Eron poytaxtida yopiq inshootlarda 8-Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning uchinchi kun bellashuvlari terma jamoamiz vakillari uchun omadli bo‘ldi. 

Ko‘pkurash yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Aleksandra Yurkevskaya 3858 ochko bilan turnirning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, Aleksanda 60 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bahslarida o‘zining shaxsiy natijalarini yashilashga erishdi. Oltin medal mezbon sportchi Sepideh Tavakoliga nasib etgan bo‘lsa, turkmanistonlik Irina Valixonova kuchli uchlikni yakunlab berdi. Ushbu musobqada ishtirok etgan delegatsiyamiz bugun tunda poytaxtimizga qaytib kelishadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q