Alisson tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Liverpulga yo‘l oldi
Avval xabar berganimizdek “Roma” darvozaboni Alisson Beker katta extimol bilan faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi.
Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha braziliyalik posbon ta’tildan muddatidan avval qaytgan va Rimga kelgan hamda shu kunning o‘zida mersisaydliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Liverpul shahriga yo‘l olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Liverpul” Alisson uchun “Roma”ga 74 mln evro to‘laydi. Bu esa darvozabonlar transferi tarixidagi eng qimmati bo‘ladi.



Fikrlar