
Alkaser zaxiradan tushib gol urish bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatdi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Pako Alkaser zaxiradan maydonga tushib gol urish bo‘yicha Bundesligada rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki ispaniyalik futbolchi joriy mavsum 10-marta zaxiradan uchrashuvga qo‘shilib ularning barchasida raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. U kecha “Fortuna”ga (2:1) qarshi o‘yinda zaxiradan tushib gol urdi.
Ma’lumot uchun, bu boradagi avvalgi rekordlar Yonel Ganya (2002/03 mavsum 9ta gol, "Shtutgart") va Nils Petersenga (2016/17 mavsum 9ta gol "Frayburg") tegishli edi.
Fikrlar