Alvares qanday qilib Golovkinni mag‘lub qildi? (video)

  • 16 sentabr, 2018, 17:15
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin ochkolar bo‘yicha meksikalik Saul Alvaresga mag‘lub bo‘ldi. Shunday qilib, u o‘rta vazn toifasida (72,6 kg.gacha) WBC va WBA Super chempionlik kamarlarini himoya qila olmadi.

>> Jangdan so‘ng Golovkinga tibbiy yordam ko‘rsatildi

Jang yakunlariga ko‘ra, ikki hakam 115-113, 115-113 hisoblarini Alvaresning g‘alabasini qayd etgan bo‘lsa, uchinchi hakam durang qayd etdi. 114-114.

Bu Alvares uchun faoliyatidagi 50-g‘alaba bo‘ldi. Uning hisobida yana 1 mag‘lubiyat va 2 durang bor. Golovkin esa 38 g‘alaba, bittadan durang va mag‘lubiyat mavjud.

Quyida jangning muhim vaziyatlarini ko‘rishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!