
Ana xolos! "Barselona" yozda 10 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozda o‘zining 10 nafar futbolchisini transferga qo‘ymoqchi.
Agar “ko‘k-anor ranglilar”ni qanoatlantiradigan takliflar bo‘lsa ular Lyuk Din, Yerri Mina, Tomas Vermalen, Nelson Semedu, Aleysh Vidal, Rafinya Alkantara, Andre Gomesh, Jerar Deulofeu, Usmon Dembele va Pako Alkaser kabi futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” joriy mavsum Ernesto Valverde qo‘l ostida Ispaniya chempioni va kubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar