Ana xolos! Ovechkin MXLda etakchilikni qo‘lga kiritdi
“Vashington” xokkey klubi xujumchisi Aleksandr Ovechkin “Vinnipeg”ga qarshi bahsda (3:2) raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu dubl 32 yoshli xokkeychining MXL chempionatidagi faoliyatida 599 va 600 gollaridir. Rossiyalik o‘yinchi ushbu liga tarixida bunday ko‘rsatkichga erishgan 20chi futbolchi bo‘lishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Ovechkin 42 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purar nomini egallab kelmoqda. Ushbu poygada Aleksandr “Jets”da faoliyat olib borayotgan Patrik Layndan o‘zib ketdi. Patrik ushbu mavsumda 41 marta gol urishga erishgan.

Fikrlar