
Ana xolos: Ronalduni Portugaliya termasiga chaqirishmadi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bo‘lajak bahslar uchun terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, ular orasida Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin.
Darvozabonlar: Betu («Gezdepe»), Antoni Lopesh («Lion»), Joze Sa («Portu»)
Himoyachilar: Kevin Rodriges («Real Sosedad»), Antunesh («Xetafe»), Luish Netu («Fenerbaxche»), Pepe («Beshiktash»), Edgar Ie («Lill»), Joau Kanselu («Inter»), Nelson Semedu («Barselona»), Rikardu Ferreyra («Braga»), Rikardu Pereyra («Portu»)
Yarim himoyachilar: Bernardu Silva («Manchester Siti»), Brunu Fernandesh («Sporting»), Danilu Pereyra («Portu»), Joau Mariu («Inter»), Manuel Fernandesh («Lokomotiv»), Ruben Nevesh («Vulverxempton»)
Hujumchilar: Andre Silva («Milan»), Bruma («Leyptsig»), Jelson Martinsh («Sporting»), Eder («Lokomotiv»), Gonsalu Guedesh («Valensiya»), Roni Lopesh («Monako»).
Fikrlar