
Ana xolos: Ronladuni “Real”ga Peres olib kelmagan
Madridning “Real” klubining sobiq prezidenti Ramon Kalderon Krishtianu Ronalduni “Real”ga aynan o‘zi taklif etgan.
“Ronaldu “Oltin to‘p” uchun doim favorit bo‘lgan. U o‘zining fantastik darajasini doimo ko‘rsatib kelgan. Umid qilamanki, u faoliyatining so‘nggiga qadar “Real”da qoladi. 2008 yili menga uni sotib olish juda qiyin bo‘lgan. O‘shanda, “Manchester Yunayted” Ronalduni qo‘yib yuborishni istamagan. Men faqatgina bir yildan so‘ng, inglizlarni 80 mln funtga ko‘ndirgan edim. Ronalduni “Real”ga olib kelganman deyishim mumkin”, - deb aytib o‘tdi sobiq prezident.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009 yil “Real”ga ko‘chib o‘tgan va bir nechas haftadan so‘ng Florentino Peres “Real” prezidentligiga kelgan edi.
Fikrlar