"Andijon-Turon" o‘rtoqlik uchrashuvida "Navbahor"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Andijonning «Andijon-Turon» futzal jamoasi ayni damda mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda.
Berilgan ma’lumotlaga ko‘ra andijonlik futzalchilar kuni-kecha Namanganning "Navbahor" futzal jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan bahs 6:4 hisobida Shavkat Muhitdinov boshchiligidagi "Andijon-Turon" jamoasi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Fikrlar