"Andijon viloyati Hokimi kubogi": "A" guruhi 2-tur yakunlari

  • 17 fevral, 2017, 23:36
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Andijon shaxrida davom etayotgan "Andijon viloyati Hokimi kubogi-2017" bahslari qizg‘in tus olmoqda. 

Bugun "A" guruhi jamoalari 2-tur bahslarini yakunlashdi. Dastlab maydonda "UzDongJu" va "Neftchi" jamoalari saf tortishdi. Uchrashuv murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Ikkala jamoa ham ajoyib o‘yin namoyish etishdi. "Bo‘yoqchilar" tarkibidagi bir qancha iste’dodli yoshlarni o‘yinini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Jamoa tarkibida Davron Farxodov va Usmonali Ismonalievlar faolligi bilan ajralib turishdi. Kiritilgan golda ham Davron Farxodov ajoyib zarba yo‘llab jamoasining g‘alabasini ta’minlashga erishdi. Bu g‘alabadan so‘ng "UzDongJu" jamoasi yarim final yo‘llanmasini naqd qildi. 

“UzDongJu” -“Neftchi” 1:0 FIMI stadioni.
Xakamlar 
:Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abduraxmonov.
“UzDongJu”: Ravshanbek Yagudin, Shoyad Mullajonov, Shoxrux Ergashev, Asilbek Azizov, Soloxiddin Soloxiddinov, Usmonali Ismonaliev, Islom O‘rmonov, Shokir Odiljonov, Azizbek Maxmudov, Davron Farxodov Azizbek Qayumov
Zaxira: Ilyos Ismoilov, Javoxir Isomiddinov, Dilmurod Yusupjonov, Suxrob No‘monov, Rasul Tashlanqulov, Oybek Axmatov, Abduraxmon Komilov.
“Neftchi”: Shuxrat Raxmonov, Abror Ismoilov, Elamon Karimov, Baxodir Qodirov, Shodiyor Xojimatov, Nodir To‘lanov, Islom Toshpo‘latov, Xusan G‘aniev, Jamshid Qobilov, Avaz O‘lmasaliev, Mirjalol Ne’matov, Sirojiddin Ro‘zmetov.
Zaxira: Mashxur Maxammadjonov, Abduqodir Artiqov, Anvar Aminjonov, Xamidullo Abduxamidov, Otabek Maxammadjonov,Sardor Isoqov, Azam Xolmatov.
Gol Davron Farxodov (31)
Amalga oshirilmagan penalti Islom O‘rmonov (44) 
Chetlatishlar Soloxiddin Soloxiddinov (57) - Islom Toshpo‘latov (57)

 Ikkinchi baxsda “UzTongXongKo”  va “Navbaxor” yoshlar jamoalari kuch sinashishdi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. Andijonliklar bu uchrashuvda irodali g‘alaba qozonishdi. Otabek qilichev boshchiligidagi jamoa raqiblari ustidan kichik xisobda ustun kelishdi. Dastlab namanganlik yoshlar hisobni ochgan bo‘lsalarda, andijonliklar uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida g‘alabani ilib ketishdi va yarim final yo‘lanmasi uchun umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Ular keyingi turda "Neftchi" jamoasidan ochko olishsa, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.


“UzTongXongKo”  - “Navbaxor” 2:1 FIMI stadioni.
Xakamlar: 
Furqat Komilov, Sanjar Yuldashev, Oyatullo Xakimov.
“UzTongXongKo”: Davron Jo‘raqulov, Farxod G‘ofurov, Abror Solioxunov, Jasur Yuldashev, Alisher Abdullaev, Azizbek Arziev, Muzaffar Meliboev, Baxtiyor Ismoilov, Axror Iminov, Anvar Abduqodirov, Jaxongir Nuriddinov,.
Zaxira:Inom Zuxriddinov, Elyor Raxmatullaev, Avaz Qaxxorov, Jaxongir Ibroximov, Saddam Yuldashev, Akmal Yuldashev, Islom Axmedov.
"Navbahor": Mirzoxid Mamatxonov, Iskandar Sidiqjonov,Xojiakbar Yunusov,Shoxrux Axmadaliev, Tolibbek Karimov Ibroxim Ismoilov, Abbos G‘ulomov, Axmad Mamadaliev, Ilxom Aliboev,Omon Mirzaev, Shodyor Sharofiddinov.
Zaxira: Isroil Obidjonov,Abdulaziz Jalilov, Ayupxon Jo‘raev,Muzaffar Abdullaev, Ismoil Abduraimov,Islom Abduqodirov , Davron Maxmudov, Abduqodir Sobirov.
Gollar: AbrorSolioxunov (78) Alisher Abdullaev (88) –Tolibbek Karimov (61)

2-tur o‘yinlaridan keyingi musobaqa jadvali 

 

 

№         

Jamoa

O‘      

Yu       

D        

M          

T-N         

O           

1

“UzDongJu”               

2

2

0

0

4-2

6

2

“UzTongXongKo”

2

1

0

1

4-4

3

3

“Navbaxor”

2

0

1

1

1-2

1

4

“Neftchi”

2

0

1

1

0-1

1

 

Endi 3-turda quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi: 

11:00. "Navbahor" - "UzDongJu"

13:30. "Neftchi" - "UzTongXonKo"

Uchrashuvlar Sho‘rbuloq dahasidagi FIMI o‘yingohida bo‘lib o‘tmoqda.

Komiljon Ikromov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!