Andre Silva: "Milan"dan ketishni xohlamagandim, ammo...

  • 6 noyabr, 2018, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Sevilya" klubida ijara asosida o‘tkazayotgan hujumchi Andre Silva yozda "Milan"dan ketishni istamaganini aytib o‘tdi.

Tecno

“Men dunyoning eng zo‘r hujumchisi bo‘lish uchun harakat qilyapman. Men “Milan”dan ketmoqchi emasdim, ammo o‘z maqsadlarimga etishishim uchun menga ko‘proq o‘yin amaliyoti kerak edi. “Sevilya”ga o‘tib to‘g‘ri qaror qabul qildim deb hisoblayman”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Silva joriy mavsum andalusiyaliklar safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!