Andrey Fyodorov: Bikmaevning chetlatilishi meni hayron qoldirdi
"O‘yin shunday ko‘rinish olishini oldindan taxmin qilgan edik. “Metallurg” jamoasi uyda bosim uyushtirgan holda o‘ynashini ko‘zda tutib, tayyorgarlik olib borgan edik. Yigitlar raqib bosimini engib o‘ta olishdi. Barcha qulay imkoniyatlarni golga aylantira olganimizda, o‘yin so‘nggida balkim kuchli bosim ostida harakat qilmagan bo‘lardik.
Meni hayron qoldirgan jihat zaxirada o‘tirgan futbolchimizning nima sababdan qizil kartochka olgani bo‘ldi. Vaziyatga yaqin edim va hammasini eshitib turgandim. Futbolchi o‘yindan tashqari holat qayd etilganidan biroz qizishgandi xolos", - dedi mutaxassis.

Fikrlar