Andrey Fyodorov: "Lokomotiv"ning o‘yinlari doimo qiyin o‘tadi
"Bizning o‘yinlarimiz deyarli har doim shunday qiyin o‘tadi. Mehmon jamoalar ortga ochko olib qaytish maqsadida qattiq ter to‘kishadi.
Bugun yigitlar to‘xtab qolmasdan, 90 daqiqa qattiq harakat qilishganidan xursandman. O‘yinning so‘nggi soniyalariga qadar kurash olib bordik va yakunda bu o‘z samarasini berdi", - deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati.

Fikrlar