Angliya Liga Kubogi. “MYu” mag‘lubiyatga uchradi, ammo

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya Liga Kubogi yarim final javob o‘yinida "MYu" safarda "Xall Siti" mehmoni bo‘ldi. 

Anchagina murosasiz va keskin kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi. Ammo ilk o‘yinda mankunianlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun finalga yo‘l olishdi. 

An’anaga ko‘ra "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida "MYu" futbolchilari "Sautgempton"ga qarshi bahs olib boradi.  

Xall – Manchester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1) 

Gollar: 1:0 – 35, penalti Xaddlstoun, 1:1 – 66 Pogba, 2:1 – 85 Nyasse.

Xall – Marshall, Douson, Maguayr, Taymon, Meyler, Melouni (Evandro, 64), Xaddlstoun, Klukas, Nyasse, Diomande (Ernandes, 70), Bouen (Markovich, 59).

Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Roxo, Darmian, Smolling, Lingard (Runi, 79), Kerrik, Errera, Pogba, Reshford (Fellayni, 90), Ibrahimovich.

Ogohlantirishlar: Jons (11), Roxo (87).

Dastlabki  uchrashuv: 0:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!