
Angliya terma jamoasi sobiq sardori AQSh termasini boshqarmoqchi
Angliya terma jamoasi sobiq sardori Sol Kempbell murabbiy sifatida AQSh terma jamoasini boshqarish niyatida ekanligini yashirib o‘tirmadi. Eslatib o‘tish lozimki, AQShliklar ayni damda bosh murabbiysiz qolishgan. Boisi, Bryus Arena terma jamoani JCh-2018ga olib chiqolmagach, iste’foga chiqarilgan edi.
“Qo‘shma shtatlarda futbolga katta mablag‘ sarflandi va o‘ylaymanki, ular har tomonlama o‘ylab qaror chiqarishlari kerak. Bu erda futbolni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor mutaxassislar dunyoda ko‘p. Kim biladi, agar ular menga yuzlanishsa, balkim yordam berarman”, - deydi Kempbell.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq frantsiyalik mashhur murabbiy Loran Blan ham AQSh terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar