Angliyada jahon chempioni vafot etdi
1966 yil Angliya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchilardan biri - Rey Uilson 83 yoshida olamdan o‘tdi.
Uilson faoliyatining asosiy qismini "Xaddersfild" klubida o‘tkazdi. Shuningdek bir muddat "Everton"da ham to‘p surdi va ushbu jamoa safida 1965/66 yilgi mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Aytish lozimki, 2004 yil Rey Uilsonda Altsgeymer kasalligi aniqlandi. Biroq, bu xastalik unga "Xaddersfild"ning uy uchrashuvlarini tomosha qilishga kelishi uchun to‘sqinlik qila olmadi.

Fikrlar