Anjelik Kerberning g‘alabasiga uchta eys kifoya qildi

Germaniyalik tennischi Anjelik Kerber "Qatar Total Open" musobaqasining chorak final bosqichidan omadli o‘tib oldi.

Anjelik musobaqaning ushbu bosqichida chexiyalik Barbor Strikovani 1:6, 6:2, 7:6 hisobida taslim qildi.

Endi Doxa shahrida o‘tayotgan turnirning yarim finalida Kerber gollandiyalik Kiki Bertens, yoki belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!