Anri "Bordo" rahbariyatidan 2ta futbolchi sotib olishni so‘radi

  • 25.08.2018 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik afsonaviy futbolchi Terri Anri bo‘lajak jamoasi deya aytilayotgan "Bordo" klubi rahbariyati bilan ba’zi masalalarda gaplashib olmoqda.

Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Anri rahbariyatdan jamoaga 2 nafar futbolchi – 1ta hujumkor yarim himoyachi va 1ta hujumchi sotib olishni so‘ramoqda. Biroq, frantsiyalik mutaxassis bu borada qaysi futbolchilarni nazarda tutgani ma’lum emas.

Ma’lumotlarga qaraganda “Bordo” Anrini yangi haftada bosh murabbiy sifatida rasman ommaga tanishtirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!