
Anzur Ismoilov "Zenit" darvozasini ishg‘ol etdi
Osiyoning boshqa jamoalari singari Xitoy jamoalari ham ayni damda mavsumoldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining olib borishmoqda.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to‘p suradigan "Changchun Yatay" klubi ayni damda Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga qarshi nazorat bahsini o‘tkazmoqda. E’tiborlisi, o‘yinning 14-daqiqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi piterliklar darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroz o‘tib "Changchun Yatay" hisobni 2:0ga etkazdi.
Ayni damda o‘yin davom etmoqda.
Fikrlar