
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
Xabaringiz bor bugun Xorxe Sampaoli Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini rasman tark etdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Matias Almeyda (ishsiz), Marselo Galyardo ("River Pleyt") va Rikardo Gareka (Peru terma jamoasi) kabi mutaxassislar Argentinaning yangi bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzodlar sifatida tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “albasetlar” JCh-2018da muvaffaqiyatsizlikka uchrab, turnirni 1/8 finaldayoq tark etishgan edi.
Fikrlar