Arsen Venger – Yaponiya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzod

  • 20 iyul, 2018, 11:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar davomida “Arsenal” klubini boshqarib kelgan frantsiyalik mutaxassis Arsen Venger Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Aytish lozimki, 68 yoshli mutaxassis uchun kunchiqar yurt u qadar begona emas. Boisi, u 1995/96 yillarda bu erda “Nagoya Grampus” klubini boshqargan va aynan shundan so‘ng “kanonirlar” safiga o‘tib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Akiro Nishinoning amaldagi shartnomasi joriy oy yakunida o‘z nihoyasiga etadi va mamlakat futbol rahbariyati u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Yaponiya aynan Nishino qo‘l ostida JCh-2018da nimchorak finalga qadar etib bora olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!