“Arsenal” 0:3 hisobida ortda borayotib, so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi

Angliya chepionati 20-turida “Arsenal” futbolchilari safarda “Bornmut” mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.

O‘yinning 16-daqiqasida Deniels hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Uilson hisobni oshirdi. 58-daqiqaga kelib Freyzer “Bornmut” foydasiga uchinchi golni kiritdi.

Keyin navbat “Arsenal”ga etib keldi. 70-daqiqada Sanches, 75-daqiqada Peres gol kiritishdi. O‘yin yakunida doimgidek Olive Jiru gol kiritib, “to‘pchilar”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Bornmut – Arsenal 3:3 (2:0, 1:3)

Gollar: 1:0 – 16 Deniels, 2:0 – 20, penalti Uilson, 3:0 – 58 Freyzer, 3:1 – 70 Sanches, 3:2 – 75 Peres, 3:3 –90+2 Jiru.

Bornmut – Boruts, Kuk, Deniels, Frensis, Ake, Arter, Gosling, Freyzer (Smit, 68), Stanislas, King (Serman, 63), Uilson (Smit, 90).

Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni (Gabriel, 64), Koklen (Oksleyd-Chemberlen, 28), :aka, Sanches, Remzi, Ivobi (Peres, 63), Jiru.

Ogohlantirish: Belerin (32), Kuk (44), Remzi (45), Mustafi (80), Boruts (86).

Chetlatish: Frensis (82).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!