"Arsenal" ham Germaniya terma jamoasi darvozaboni uchun kurashga qo‘shildi

  • 13 may, 2018, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi o‘zining darvoza chizig‘ini "Bayer" posboni Bernd Leno bilan mustahkamlamoqchi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 26 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosini kelajakda jamoaning tajribali darvozaboni Petr Chexga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda.

O‘z navbatida ushbu transfer “Arsenal”ga taxminan 25 mln evroga tushishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lenoga shuningdek yozda Pepe Reynadan ayrilishi aniq bo‘lib ulgurgan “Napoli” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!