"Arsenal" hamon Remzi bilan kelisha olmayapti

  • 15.09.2018 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi hamon uelslik yarim himoyachi Aaron Remzi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Xabarlarga qaraganda “kanonirlar” 27 yoshli futbolchiga 5 yillik shartnoma va haftasiga 280 ming funt maosh taklif qilishmoqda. Remzining ushbu taklifga rad javobini berayotganiga asosiy sabab, "Arsenal"ning hozirgi sport direktori Ivan Gazidis tez orada "Milan"da ish boshlashi mumkin. Aynan “rossonerilar” shu orqali Remzini ham o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Remzining “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!