"Arsenal" yozda "Napoli" etakchilaridan birini sotib olishni ko‘zlamoqda

  • 28.02.2019 16:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 24 yoshli polshalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rmoqchi. Uning transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Zelinskiga shuningdek "Liverpul" va PSJ klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Zelinski joriy mavsum “Napoli” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!