Arveladze Namangandagi stadion haqida: Bunday yomon holatdagi maydon hech qaerda yo‘q

  • 14 sentabr, 2018, 22:27
  • 0
CHERY AUTO

"Bunday yomon holatdagi maydon hech qaerda yo‘q. Superligada sharoitlar shunga yarasha bo‘lishi lozim. Bu qadar yomon maydonda o‘ynash uyat. Biz ikki bor hisobda oldinga chiqdik, ammo to‘p o‘tkazib yubordik.

Tecno

Maydon futbol o‘ynashga xalal bermoqda. Hammaga - bizga, raqibga, futbolchilarga yaxshiroq o‘ynashga. Hech kimni ayblashni istamayman.

Biz ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Darvozabonlar jamoani qutqarish uchun o‘z joylarida turishadi. Olti gol va stadiondagi muhit sababli o‘yin ajoyib kechdi. Hamma uchrashuvlar shunday saviyada o‘tishiga umid qilaman", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!