"Astana" penaltilar seriyasida APOELni mag‘lub etdi va Evropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Bundan biroz avval UEFA Evropa ligasi so‘nggi saralash raundining pley-off javob bahsidan o‘rin olgan “Astana” hamda APOEL jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida ham 1:0 hisobi qayd etilgach ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi. Shu tariqa g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad qo‘shnilarimizga nasib etdi va ular musobaqaning guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
“Astana” Qozog‘iston – APOEL Kipr 1:0 (1:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 2:1
30 avgust, «Astana Arena»
Gol: 1:0 – 16, penalti Pedro Enrike.
“Astana” – Erich, Postnikov, Shomko, Rukavina, Anichich, Klyaynxaysler (Beysebekov, 99), Maevskiy (Logvinenko, 120), Mujikov (Rishard, 53), Tomasov, Pedro Enrike, Kabananga (Yanga, 84).
APOEL – Vaterman, Vuros (Gentsoglu, 120), Karlao, Kaju, Nsue, Zaxid (De Vinsenti, 64), Nunu Moraish, Lukas, Shallai, Al-Tamari (Efrem, 84), Guchannejad (Dellatorre, 94).
Ogohlantirishlar: Mujikov (13), Karlao (16), Shallai (18), Rishard (57), Shomko (74), Anichich (98), Pedro Enrike (108).
Dastlabki o‘yin: 0:1
Fikrlar